Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
14 мая 2021 г.
"Munavvar oqshomlar" festivali

Tumanimizda 14 may sanasidan 14 iyun sanasiga qadar "Munavvar oqshomlar" festivali bo'lib o'tdi.Tumanning Yoshlar bog'ida kuy - qo'shiq, sport, ko'chma kinoteatr,  turli hil ko'chma  bolalar o'yingohlari, mehnat yarmarkasi va boshqa ko'ngilochar tadbirlar uchun joy ajratilib bayramona bezatildi. Jumladan ko'chma kutubxona tashkil qilish uchun tuman axborot-kutubxona markaziga ham bog' markazidan joy berildi. Bu yerda kutubxona tomonidan yangi chop etilgan  kitoblardan ko'rgazmalar tashkil qilinib, kitoblar noan’anaviy tarzda sirli sandiqlarda namoyish qilindi. Kitobxonlar kitob o'qib o'tirishlari  uchun ham noodatiy sharoit yaratilib chim ustiga to'nkalar qo'yilib , yostiqchalar to'shaldi. Yoshlar bo'gida tashkil etilgan ko'chma kutubxonada qiziqarli davra suhbatlari, xotira kechalari va turli xil kitob taqdimotlari o'tkazildi. Maydon axborot-kutubxona markazi faoliyatini yorituvchi va QR kodli kitoblar plakatlari hamda kitoblarning maketi bilan bezatildi. Ajratilgan maydonni bezatishda milliylikka alohida e’tibor qaratildi. Asosiy ko'zlangan maqsad esa  aholining hech qanday to'siqsiz, erkin holatda kutubxonadan foydalanishiga katta ahamiyat berildi.Tadbir davomida 150 nafardan ziyod aholi kutubxona xizmatidan foydalanib, yangi chop etilgan kitoblar bilan tanishdi. Bu yerda yana Kumush,  shum bola va boy obrazlari jonli gavdalantirildi. AKM tomonidan juda qiziqarli va maroqli tashkillashtirilgan ushbu tadbirda tuman hokimi A.Tamikayev boshchiligidagi bir guruh muttasaddilar ham  ishtirok etdilar. Festival ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil