Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
9 сентября 2025 г.
Erta so’ngan yulduzlar

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob va mutolaa haftaligi
Оchiq eshiklar kuni
Erta so’ngan yulduzlar
Xotira kechasi
Kitob – zamonlar toʻlqinida suzuvchi, oʻzidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga roʻshnolik kiritib, ezgu tuygʻularni uygʻotmoqqa qodir. Shu bois soʻnggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targʻiboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda. 
 “Kitob va mutolaa haftaligi”   doirasida  8-12 sentabr kunlari Oliy ta’lim hamda professional ta’lim muassasalari uchun “Ochiq eshiklar kuni”  bo'lib o’tmoqda. Bugun axborot-kutubxona markaziga Samarqand veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish instituti Toshkent filiali talabalari uchun ochiq eshiklar kuni o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir va tarjimon  Shavkat Rahmon tavallidining 75 yilligi munosabati bilan “Erta so’ngan yulduzlar” nomli xotira kechasi o’tkazildi. Tadbirda shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan shoir  she’rlaridan na’munalar o’qildi. Shuningdek mutaxassislar tomonidan Sh.Rahmonning “Abadiyat oralab”, “Gullayotgan tosh”, “Hulvo” kitoblari  o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbir so’ngida kutubxona bo’ylab ekskursiya uyushtirildi, yoshlar o’zlari qiziqqan kitoblaridan o’qish uchun  oldilar. Tadbirda 60 nafar talaba –yoshlar ishtirok etdilar.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil