#Zangiota_tuman_akm
📅 9-iyul, 2026-yil
Mustaqillik bayramining 35 yillik to`yi oldidan
Ma`rifat sari sayohat. Yosh kutubxonachilar Islom sivilizatsiyasi markazida!
Raxbar va yoshlar uchrashuvi
🏛 Davlat Rahbari tomonidan yoshlar bilan o'tkazilgan muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida har payshanba kuni davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan "Yoshlar kuni" oʻtkazilib, tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi, "Mustaqillikning 35 yilligi - Yangi O'zbekiston yoshlar nigohida" shiori ostida yoshlarda shukronalik va vatanparvarlik tuyg'usini yuksaltirish, yosh xodimlarning tarixiy-madaniy bilimlarini oshirish, ajdodlarimizning boy ilmiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Zangiota tumani axorot- kutubxona markazi direktori S. Axmedova boshchiligida jamoaning yosh kutubxonachilari O`zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Yosh kutubxonachilar markazning muxtasham memorchiligi, ajdodlarimizning boy ilmiy me`rosi va ularning dunyo sivilizatsiyasiga qo`shgan beqiyos xissasi bilan tanishdilar. Surayyo Axmedova: “Yosh xodimlarimizni shunday buyuk maskanlarga olib kelishdan ko`zlangan maqsadimiz-ularni milliy g`urur va iftixor ruhida tarbiyalash hamda tarixga bo`lgan mehrini yanada oshirishdir”, – deya ta`kidladi. Bunday sayohatlar yosh mutaxassislarni yangi yutuqlar sari ruhlantiradi va ularning intellektual salohiyatini yuksaltiradi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …