Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxonlik haftaligi
She’r aziz olam aro
She’riyat kechasi
Kitobxonlik haftaligi tadbirlari doirasida “She’r aziz olam aro” nomli she’riyat kechasi tumanda joylashgan 24-sonli tarbiya koloniyasida bo‘lib o‘tdi. Axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari B. Fayziyeva va O‘rtaovul MFY xotin-qizlar faoli M. Saidovalar so‘zga chiqib Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” ning asosiy maqsadi, uning mazmun-mohiyati hamda oldiga qo‘ygan vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. Shundan so‘ng tarbiya koloniyasida tarbiyalanayotgan o‘smirlar o‘rtasida to‘rtta guruh tuzilib she’rxonlik musobaqasi o‘tkazildi. Ishtirokchilar ko‘p kitob o‘qishlari, zukkolik bilan aytayotgan she’rlari, ayniqsa baxru-bayt shartida namoyish etgan topqirliklari bilan hakamlarni lol qoldirdilar. Musobaqa davomida saralab olingan zukko, topqir, bilimdon hamda eng yaxshi kitobxon tarbiyalanuvchilar axborot-kutubxona markazining esdalik sovg‘alari va badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.
Rejaga ko‘ra “Men kitob o‘qidim, sizchi?” mavzusida “Fleshmob, chellenj va aksiya “ tashkil qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …