#Zangiota_AKM
#Alisher_Navoiy_582_yilligi
#Navoiy_yodila_yashaymiz
Alishеr Navoiy milliy ma'naviyatimiz timsoli, bashariyat badiiy tafakkuri rivojiga bеmisl ta'sir ko‘rsatgan ulkan ijodkor, xalqimizning faxru g‘ururidir. Uning hikmatlarga to‘la dostonlari, ruboiylari hеch qachon ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun ham shoirning boy adabiy mеrosiga bo‘lgan hurmat va ehtirom yuksalib bormoqda, uning ijodiy mеrosi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. 2023 yil 9 fevral kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi 14-IDUM bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag`ishlab “Asrlarga asrdosh-avlodlarga zamondosh” deb nomlangan kitob ko`rgazmasi tashkil etilib, “Navoiy yodila yashaymiz” shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy kecha o`tkazildi. Tadbirda iqtidorli o`quvchilar hamda axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari tomonidan buyuk adib qalamiga mansub g‘azallar, ruboiylar yod olinib, sahna ko`rinishlari bilan davom ettirildi. Alishеr Navoiyning sеrqirra ijodi asrlar mobaynida insoniyatni ezgulikka, hamjihatlikka, ilm-ma'rifatga chorlab, xalqimiz uchun chеksiz faxr-iftixor timsoli bo‘lib kеlayotganligi mehmonlar tomonidan qayta-qayta e'tirof etildi. Koʻtarinki ruhda tashkillashtirilgan ushbu tadbirda tuman madaniyat bo`limi tomonidan Navoiy gʻazallari asosidagi mumtoz qoʻshiqlar ijro etildi. Kechada 120 nafar o`qituvchi, o`quvchi yoshlar ishtirok etib, ko`rgazmaga qo`yilgan kitoblardan o`qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …