Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
7 сентября 2026 г.
Kitob taqdimoti

#Zangiota_tuman_akm

📆 7-sentabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yosh ijodkorlar uchun unutilmas ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tumanimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududning yangilanayotgan qiyofasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va xalqimiz hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar aks etgan
“Zangiotada Yangi O‘zbekiston qiyofasi” nomli kitob-albomi hamda tumanimizning yosh ijodkorlari she’rlari  jamlangan “Vatan qalbimda” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda taniqli ijodkorlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,  “Asakabank” AJ Boshqaruv raisi maslahatchisi  “Navoiylik Alisher” tahallusi bilan ijod qiluvchi shoir  Boymurodov Alisher  hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir  Muhammad Ali G‘offorovlar  ishtirok etib, yosh qalamkashlar ijodiga o’z baholarini berdilar va samimiy tilaklarini bildirdilar.
Ijodkor o’quvchilar o’z ijod namunalaridan o’qib berdilar.
Tadbir davomida “Mustaqillik mening nigohimda” mavzusida rassomchilik yo‘nalishidagi ijodkorlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov ham o‘tkazildi. Unda 14–30 yoshdagi ishtirokchilar Mustaqillik g‘oyasi, Vatan ravnaqi, milliy qadriyatlar, tinchlik va bunyodkorlikni aks ettiruvchi ijodiy ishlarini namoyish etdilar.  Faxrli o’rinni egallagan yosh ijodkorlar tashkilotchilar tomonidan “Faxriy yorliq” va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir Zangiota tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Zangiota tumani bo‘limi, tuman “Istiqbol” gazetasi, Axborot-kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil