Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Buyuk davlat asoschi
Bellashuv. Kitob taqdimoti
Amir Temur - o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi - 1336 yil 9 aprelda Kesh shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi. Uning to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul. Amir Temurning yoshligi Keshda o‘tdi. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga berdi. Temur yoshlik chog‘laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. U tabiatan og‘ir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo‘lgan.
Bu aqlli va bilimli inson o‘z davlatining kuch-qudratini oshirish va mustahkamlash uchun birinchi navbatda harbiy va eng muhim iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi. Bu islohotlar zaminida avvalgi davr donishmandlarining aql-idroki, g‘oyalari mujassam edi, ayniqsa, taraqqiyot uchun yagona davlat, o‘zaro totuvlik, ishbilarmonlarga qulay mulkiy va huquqiy sharoit yaratishga, savdo-sotiqni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Amir Temur bunyodkorlik sohasida ham katta o‘zgarishlar qilib, jahon me’morchiligini bemisl darajada boyitdi. U saltanat mafkurasi, g‘oyasi va mahobatini o‘z bunyodkorlik ishlaridanamoyon eta oldi.
Buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur tavalludning 688 yilligi munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Buyuk davlat asoschisi” nomli bellashuv hamda kitob taqdimotibo‘lib o‘tdi. Unda Samarkand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali 1-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Bellashuvda talabalar tomonidan Amir Temur hayoti uning yoshlik va o‘smirlik davlarida olgan bilimlari, xarbiy yurishlari, bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan buyuk sarkarda hayoti va xarbiy xarakatlari, u haqidagi tarixiy faktlar asosida savollar tayyorlanib, talabalar ikki guruxga bo‘linib bu savollarga to‘liq javoblar berdilar. Ishtirokchilar katta qiziqish bilan rebus o‘yinini o‘ynadilar. Kutubxona xodimlari tomonidan “Amir Temur chet elliklar nigohida” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirilib, talabalarga Amir Temur hayotiga oid bo‘lgan kitoblardan o‘qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …