Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
20 июня 2025 г.
Bu kitobni o’qiganmisiz?

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Bu kitobni o’qiganmisiz?
Viktorina va kitobxonlik soati
Bolalarning  kitobga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish va boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun hamda “Dolazarb 90 kun” loyihasi doirasida tumandagi umumta’lim maktablarida  faoliyat olib borayotgan  sog’lomlashtirish maydonchalarida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan  bir qator kitobxonlik tadbirlari o’tkazilmoqda.  "Bu kitobni o’qiganmisiz?" nomli qiziqarli viktorina va kitobxonlik soati 42-maktabdagi “Quyoshcha” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida o’tkazildi.  Bolalarning sevib o’qiydigan rasmli, ensiklopedik, ertak kitoblaridan iborat ko’chma kutubxona tashkil etildi. AKM mutaxassislari tomonidan kitobning inson hayotida tutgan o’rni, kelajakda biror kasbni egallash uchun kitob o’qish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Bolalar kitoblari yuzasidan tezkor savol-javoblar o’tkazilib, ta’til vaqtida o’qishlari uchun “Mening birinchi ensiklopediyam”,  “Bilalar ensiklopediyasi”, “Tez aytishlar, topishmoqlar” kabi  kitoblar tavsiya qilindi. Bolalar o’zlari sevib o’qigan kitoblari haqida do’stlariga gapirib, ularga ham o’qishni tavsiya qildilar. Tadbirga 26 nafar o’quvchi-yoshlar jalb qilindilar.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil