Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
10 мая 2024 г.
Kitob eltuvchilik xizmati

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob – tinchlik  elchisi
Kitob eltuvchilik xizmati
Keksalarni e’zozlash, ularga e’tibor qo‘lini cho‘zish har bir yoshning eng yaxshi fazilatiga aylanishi lozim. Mehnat faxriylarini qadrlash, ularning holidan habar olish kelgusi avlodga saboq hisoblanadi. Bu kabi an’nanalar bizning ahborot-kutubxona markazimizda ham bor bo‘lib, keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolg‘iz qariyalardan habar olib, ularga kunlarini mazmunli o‘tkazib zerikmasliklari uchun kitoblar eltib beriladi. Bu xizmatdan keksalarimiz juda mamnunlar.
Tumanimizda istiqomat qiladigan faxriy inson Zinaida Kozerovaga kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi va sovg‘alari tuman hokimi E.Rustamov tomonidan topshirildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham Zinaida Ivanovnaning uylariga tashrif buyurib, ularning holidan habar olib keldilar.  Zinaida Ivanovna 1938 yilda Leningrad shaxrida tug‘ilgan, uning  yoshligi Leningrad qamalida o‘tgan bo‘lib, o‘sha davr mashaqqatli kunlarini qayg‘u bilan eslaydi. 1949 yilda O‘zbekistonga jo‘natiladi va bu yerda ammalari tarbiyasida bo‘ladi. Hamshiralikka o‘qib uzoq yillar shu kasbda samarali mehnat qiladilar. Oilalari ikki nafar farzandlari bilan tinch va baxtli hayot kechiradilar. Mana bugun izzat va xurmatda  quvonchli kunlari haqida dildan suhbat qurib qarilik g‘ashtini surib o‘tiribdilar. Axborot-kutubxona markazi tomonidan Zinaida Ivanovna Kozerovani 9-may Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy tabriklab, ularga rus tilidagi badiiy adabiyotlar  jamlanmasi sovg‘a qilindi.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil