Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
GʻURURIM, SUYUGIM, BUYUK ZANGIOTAM!
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 2-dekabr kuni axborot-kutubxona markazida “Kitob-qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan hamkorlikda Zangiota tumani tashkil topganligining 92 yilligi munosabati bilan “GʻURURIM, SUYUGIM, BUYUK ZANGIOTAM!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda AKM direktori S.Axmedova, tuman “Istiqbol” gazetasi bosh muharriri D.Sharipova hamda RMMM tuman bo’limi rahbari Sh.Umarxo’jayevalar tomonidan Zangiota tumanining tarixi, Yangi O’zbekiston taraqqiyotida tutgan o’rni, mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, sport sohasida erishgan yutuqlari, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohatlar haqida ma’lumotlar berdilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan yig’ilganlar o’rtasida “Zangiota tumani tarixi haqida bilasizmi?” nomli qisqa viktorina o’yini tashkil qilindi. Viktorinada faol qatnashgan ishtirokchilar kutubxona ma’muriyati tomonidan badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar. Shuningdek tumanimizda tug’ilib, ijod qilgan adiblardan J.Sa’dullayev, A.Hotamovlar hayoti ibrat qilib ko’rsatildi va ularning kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbirda 40 nafar o’quvchi-yoshlar qamrab olindi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …