Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
12 июня 2026 г.
Kitobxonlikda ta’til bo’lmaydi!

#Zangiota_tuman_akm

📅 12-iyun, 2026-yil

Kitobxonlikda ta’til bo’lmaydi!
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 13-umumta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan “Bunyodkor” nomli sog’lomlashtirish maydonchasiga tashrif buyurdilar.

🏛️ Bolajonlar bilan “O’zimiz ertak to’qiymiz” deb nomlangan kreativ tadbir o’tkazdilar. Bolajonlarga uy hayvonlari, ularning insonlarga foydali tomonlari haqida ma’lumotlar berib, birgalikda ertak to’qish taklifi berildi. Tadbir ishtirokchilari o’zlarining tasavvuriga asosan ertak to’qidilar. Bu kabi tadbirlar orqali bolalarning dunyoqarashi kengayadi, so’zlab berish qobiliyatlari o’sadi. Tadbir so’ngida “Tulki va kaklik”, “Yovvoyi mushuk”, “Chol bilan sichqon” ertaklari jonlantirib o’qib berildi. Ertak yuzasidan berilgan savollarga bolajonlar faol javob berdilar.

👥 Tadbirda 20 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

3 ноября 2026 г.
"Muqdaddasdir Vatan bayrog'i"

#Zangiota_tuman_akm

📆 03-noyabr, 2026-yil

📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …

Batafsil
2 ноября 2026 г.
“Yurakdagi rangin kamalak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 02-noyabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …

Batafsil
30 октября 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 30-oktabr, 2026-yil

📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …

Batafsil
29 октября 2026 г.
"Uch avlod uchrashuvi"

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 29-oktabr, 2026-yil

📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …

Batafsil
28 октября 2026 г.
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovi

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 28-oktabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va  oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …

Batafsil
27 октября 2026 г.
“Yashil energiya — musaffo osmon”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 27-oktabr, 2026-yil

📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …

Batafsil