Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, xushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qilishga urinadigan, har bir aytayotgan so’zi, qilayotgan ishini o’ylab bajaradigan, bir so’z bilan aytganda, o’zida barkamol shaxs xislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan ziyoli farzand bo’lib voyaga yetadi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an’analari behisob. Ammo ular orasida bir an’ana borki, u haqda har qancha so’zlasang shunchalar oz. Sababi, eng yaqin do’st, eng zarur hamroh bo’lgan kitob, insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o’tsa-da, o’z o’rnini hech nimaga bo’shatib bermagan mo’jizadir. An`anaga muvofiq dekabr oyining 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Joriy yilning 17 dekabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida uy bekalarining bosh vaqtini mazmunli o`tkazish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish, oilalarda adabiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Kitobxon ona – oila ma`naviyatining ko`zgusi” nomli kitobxonlik soati o`tkazildi. Tadbirga yig`ilgan onalar takror va takror o`qiydigan kitoblari, sevgan adabiy qahramonlari, ba`zilari o`qigan kitoblari ularni o`zgartirgani haqida jo`shib so`zladilar. Tadbir ishtirokchilari tomonidan “Men sevgan kitob” nomli o`zlari sevib o`qigan kitoblarining taqdimoti o`tkazildi. Taqdimot o`tkazgan onalar orasida Nasiba Ubaydullayeva tomonidan o`tkazilgan Toxir Malikning “Odamiylik mulki” kitobining taqdimoti yig`ilganlarda katta taassurot uyg`otdi. Nasiba Ubaydullayeva “Eng faol kitobxon ona” deb topilib, axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova tomonidan faxriy yorliq hamda kitob jamlanmasi bilan taqdirlandi. Tadbirga yig`ilgan ayollar kutubxona fondidagi adabiyotlar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o`zlari qiziqgan kitoblardan o`qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …