Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
29 апреля 2026 г.
Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil oftobi

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-aprel, 2026-yil

🏛️ Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek,  “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir.” Yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Tumandaga 16-maktab o’quvchilari bilan “Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil oftobi”  nomli  kitobxonlik soati  o’tkazildi. 
 📚 Unda  necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslik haqida so’z yuritildi. O’quvchilar o’zlari o’qigan kitoblari, undagi qahramonlar,  kitobdan olgan taassurotlarini   tengdoshlariga  so’zlab berdilar. Mutaxassislar tomonidan bolalar uchun yangi nashr etilgan “Jonivorlar ensiklopediyasi”, “Dunyo mamlakatlari ensiklopediyasi”,“Jahon xalqlari ertaklari”, “Ertakli 365 kun” kitoblarining  targ’iboti olib borildi hamda o’qish uchun tavsiya qilindi. Kitobxonlarning bilimlarini sinovdan o’tkazish maqsadida savol-javoblar o’tkazildi. Tadbir so’ngida kutubxona bo’ylab ekskursiya tashkil etildi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) | 
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)

1 июня 2026 г.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

#Zangiota_tuman_akm

📅 1-iyun, 2026-yil
 

🏛 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Zangiota tumanida “Baxtli bolalik” shiori ostida “Bolalik mamlakatining baxtli bolasi” nomli bayram tadbiri o’tkazildi.

📚Bolajonlar tomonidan Vatan, tinchlik, baxtli bolalikni tarannum etuvchi she’rlar yod olindi, qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi tomonidan sayyor kutubxona va …

Batafsil
26 мая 2026 г.
Yo'l - yo'lakay kitob o'qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📅 26-may, 2026-yil
 

📚 Bugungi shiddatliy zamonda vaqt - eng oliy qadriyat. Shu bois, aholi orasida, ayniqsa yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Yo'l - yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

📚Mutaxassislar tomonidan yo'lovchilarga qiziqarli adabiyotlar haqida ma'lumotlar berilmoqda.

📚 Mutolaaning inson ruhiyati va intellektual salohiyatiga …

Batafsil
25 мая 2026 г.
So‘nggi qo‘ng‘iroq

#soʻnggi_qoʻngʻiroq

“YUKSAK MA’RIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI”


Zangiota tumanida 2025–2026 o‘quv yilining yakunlanishi munosabati bilan barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Bayram tadbirlarida bitiruvchi yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

🔔 Xususan, tumandagi 39 ta umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” …

Batafsil
25 мая 2026 г.
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📅 25-may, 2026-yil
 

🏛 Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida targ’ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

📚Bugun " Farobiy " MFY da Akmal Tosh ning "Xavotir" , Alber Kamyu "Begona vabo", Ravshan Abdulla o`g`lining …

Batafsil
22 мая 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati

#Zangiota_tuman_akm

📅 22-may, 2026-yil
 

👤 Artur Konan Doyl jahonga mashhur shotlandiyalik yozuvchi bo‘lib, detektiv janrining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adiblardan biridir. Uning “Sherlok Xolms” haqidagi asarlari bugungi kunda ham kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

📚 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida mashhur adib tavalludi kuniga bag’ishlab "Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati" …

Batafsil
22 мая 2026 г.
Oila-qadriyatlar beshigi

#Zangiota_tuman_akm

📅 22-may, 2026-yil
 

🏛 Bugun tumanimizda “Oila-qadriyatlar beshigi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash,keksalarga hurmat va ehtirom ko’rsatish.yoshlarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash haqida fikir mulohazalar yuritildi.Tumanimizdagi 4 nafar ibratli oila sohib va sohibalari“Qo’sha qarish saodati”mavzusida yoshlarga nasihatlar qilib , zarur tavsiyalarni berdilar.

📚Axbarot-kutubxona markazi tomonidan mavzu …

Batafsil