#Zangiota_tuman_akm
📅 23-fevral, 2026-yil
🏛Bugungi kunda bir-biriga bog‘langan va internetga oson kirish imkonini beruvchi texnologiyalardan kundalik hayotda keng foydalanilmoqda. Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalar uchun kibermakonga tobora ko‘proq bog‘lanib boryapmiz. Albatta, buning ham yaxshi va yomon tomonlari bor. Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida “Shaxsiy tarbiya, oʻz-oʻzini rivojlantirish vositasi” nomli profilaktik tadbir o’tkazildi.
🛜 Unda ijtimoiy tarmoqlarning eng maqtovli, ahamiyatli jihatlaridan biri — ilm olish, kasb-hunar oʻrganishdagi beqiyos yordami, kundalik turmushda duch kelinadigan turli yumushlarni bajarishni ham internet, xususan ijtimoiy tarmoqlar yordamida oson oʻzlashtirish mumkinligi haqida aytib o’tildi.
Zamonaviy matematika, dasturlash, iqtisodiyot asoslari, psixologiya, chet tillar kabi bugunning eng dolzarb, talab yuqori boʻlgan fan yoʻnalishlari boʻyicha ham istalgancha videodarslar, qoʻllanmalar topish mumkinligi, ijtimoiy tarmoqlar arzon va bepul taʼlim olish uchun imkoniyat eshiklarini ta’kidlandi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, xavfli “challenge” va zararli oʻyinlar hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda mas’uliyat, hushyorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
👥 Tadbirda 120 nafar maktab o’quvchilari va o’qituvchilar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) |
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …