Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Ikki millat uchrashuvi
Kutubxonamiz bugun 7-yanvar kuni qardosh millat va madaniyat vakkilarini birlashtirgan ma’rifat maskaniga aylandi.Tumanimizga qardosh Qozogʻiston Respublikasidan tashrif buyurgan oʻquvchilar va o’qituvchilar kutubxonamiz mexmoni boʻlib, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoit , kitob fondi ayniqsa qozoq tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan kitoblar bilan tanishdilar. Shuningdek turli xalqlarning boy adabiy merosi, milliy qadriyatlari bilan qiziqdilar. Bugungi uchrashuv ikki millat oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlab, oʻzaro hurmat va hamjihatlikni yanada boyitdi.Kutubxona bo’ylab o’tkazilgan ekskursiya davomida mehmonlarga qozoq tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan, turkiy adabiyot durdonalari turkumidan joy olgan “Qozoq zamonaviy nasri antologiyasi”,Qozoq xalqining ulug’ namoyondasi Abayning “Yorqin yulduz”, “Qozoqning qirq oqinidan qirq o’lan”, “Qozoq xalq ertaklari ” kitoblari o’zbek kitobxonlari tomonidan sevib o’qilayotganligi ko’rsatildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …