Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
16 мая 2022 г.
“Yurtimning munavvar oqshomlari-2022”

#Zangiota_AKM_Yurtimning_munavvar_oqshomlari
Joriy yilning 15 may kuni Zangiota tumanining yoshlar bog'ida “Yurtimning munavvar oqshomlari-2022” festivaliga start berildi. Festival doirasida tuman axborot-kutubxona markaziga ham bog' markazidan joy ajratilib, sayyor kutubxona tashkil etildi. Kitoblar noan’anaviy tarzda sirli sandiqlarda taqdim etilib, aholiga ochiq osmon ostida erkin holatda kitob o'qish hamda kutubxonadan foydalanishiga imkoniyat yaratildi. 15-may Xalqaro oila kuni hamda besh tashabbus olimpiadasi doirasida o'tkazilishi rejalashtirilgan “Yosh kitobxon oila” ko'rik tanlovi tabiat qo'ynida ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Hududlardan saralab olingan 3 nafar oila ko'rik tanlovning tuman bosqichida ishtirok etib, 1-o'rinni egallagan Ulashbayevlar oilasi viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdilar. Shuningdek, “Zukko kitobxon” ko'rik tanlovida 1-2-3-orinni egallagan kitobxonlar oqshomning asosiy maydonida munosib taqdirlandilar. Bunday tadbirlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, aholini kitobxonlikka jalb qilish, yoshlarda adabiy immunitetni shakllantirish hamda kitob o'qishga ilhomlantirishdan iborat.

9 апреля 2026 г.
Buyuk salohiyat sohibi

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 9-aprel, 2026-yil

 

📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish  maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …

Batafsil
9 апреля 2026 г.
Tarix sahifalaridagi buyuk sarkarda

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 9-aprel, 2026-yil

 

🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan  …

Batafsil
8 апреля 2026 г.
"Zakovat" bilimdonlar bellashuvi

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 8-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.

 

📚 Tadbirda  o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …

Batafsil
7 апреля 2026 г.
Kitob bilan kelajak sari

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 7-aprel, 2026-yil

 

🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.

 

📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …

Batafsil
6 апреля 2026 г.
Topqir kitobxon

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 6-aprel, 2026-yil

 

📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda.  Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.

 

🏛 O’quvchi-yoshlarning  kitob mutolaasiga …

Batafsil
3 апреля 2026 г.
Siyosiy-ma'rifat soati

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 3-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani  axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot  beruvchi  “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda  rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …

Batafsil