Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
11 марта 2024 г.
“Men sevib o‘qigan kitob”

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi.
Men sevib o‘qigan kitob
Kitobxonlik kuni
Har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Zero, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida axborot-kutubxona markazida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, haftaning har kuni umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilarining tashrifi reja asosida amalga oshirilmoqda. Bugun tumandagi 13-umumta’lim maktabning  5-sinf hamda 14-umumta’lim maktabning 8-sinf o‘quvchilari kutubxonaga tashrifi buyurdilar.  Mutaxassislar tomonidan “Men sevib o‘qigan kitob” mavzusida kitobxonlik kuni o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilarga kutubxona faoliyati va kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxonadan foydalanish qoidalari  haqida ma’lumotlar berildi. Ular ham o‘z navbatida o‘zlari sevib o‘qigan kitoblaridan gapirib berdilar  va  o‘zlari yozgan, yod olgan she’rlaridan o‘qib berdilar. Ularning bilimlarini sinab ko‘rish maqsadida rebus o‘yinlari o‘tkazildi hamda bahorgi ta’til vaqtida o‘qishlari uchun bir qator kitoblar tavsiya qilindi.
 Tadbirdan so‘ng ishtirokchilar o‘zlari tanlagan kitoblarini o‘qish uchun oldilar.

21 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 21-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …

Batafsil
20 июля 2026 г.
“Islom e’tiqodi ustozi”

#Zangiota_tuman_akm

📅 20-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …

Batafsil
17 июля 2026 г.
“Kitobxon ona-millat fahri”

#Zangiota_tuman_akm

📅 17-iyul, 2026-yil

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”

 

🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …

Batafsil
16 июля 2026 г.
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi

#Zangiota_tuman_akm

📅 16-iyul, 2026-yil

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.

 

🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …

Batafsil
15 июля 2026 г.
“Qat-qat qatlama aqling yetsa tashlama”

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …

Batafsil
14 июля 2026 г.
“Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida”

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.

📚 Unda har …

Batafsil