Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Mening oilam-mening faxrim
Uch avlod uchrashuvi
Zangiota tumanida 15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Mening oilam - mening faxrim!" mavzuida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi. Unda uzoq yillar davomida birga umrguzaronlik qilib kelayotgan piru badavlat oilalar, yoshlarga har tomonlama o‘rnak bo‘layotgan namunali oilalar hamda davr billan hamnafas, milliy qadriyatlarimizga mos o‘zbekona an'analarimizga amal qilib jajji farzandlarini tarbiyalab kelayotgan ahil yosh oilalar uchrashdilar. Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyati a’zosi Jamila Shermuhamedova qatnashib, oilaning muqaddas maskan ekanligi, uni yaratish va saqlab qolish sirlari haqida batafsil to‘xtalib, o`z fikr mulohazalarini bildirdi. Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi tomonidan “Oila – Baxt saroyi” deb nomlangan kitob ko`rgazmasi tashkil qilinib, Tohir Malikning “Baxt saroyi”, “Kuyov to`ra sizga aytar so`zim bor”, “Doka ro`mol qachon quriydi?”,“Kelinlar daftariga” nomli kitoblarining targ`iboti olib borildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …