Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Birgalikda kitob o‘qiymiz
Kitobxonlik soati
Uzoq muddatli tadqiqotlarga ko‘ra, kichik yoshidan kitob o‘qib berilgan bola boshqalarga nisbatan to‘rt karra ko‘proq hayotiy imkoniyat va afzalliklarga ega bo‘lar ekan. Shuningdek, bolalikdan kitob o‘qishga odatlanish, keyinchalik ham mutolaadan zavqlanish, ta’limda yetakchi bo‘lish imkonini berishi ham aniqlangan. Maktab o‘quvchilarini yoshligidanoq kitobxon qilib tarbiyalash, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish borasida kutubxona mutaxassislari tomonidan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tizimli ishlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan birgalikda “Ertaklar olamiga sayohat”, “Kitob bilan nurlidir olam”, “Ertaklar tilga kirganda”, “Dunyoni anglatgan kitob”, “Birgalikda kitob o‘qiymiz” kabi kitobxonlik soatlari o‘tkazilmoqda.
O‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir. Ularning barkamol inson bo‘lib yetishishlarida kuch va g‘ayratini ayamaydilar.
Bugungi tadbir tajribali o‘qituvchilardan biri maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-v sinf rahbari M. Gʻofurova bilan “1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayram munosabati bilan “Birgalikda kitob o‘qiymiz” nomli kitobxonlik soati o‘tkazildi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bolalarga o‘zbek va jahon ertaklari ulardagi ijobiy va salbiy qaxramonlar, ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Rus adibi A.S.Pushkinning o‘zbek tilidagi “Ertaklar”, rus tilidagi “Skazki” nomli kitoblari o‘qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …