Yosh kitobxonlar tuman hokimi sovrini uchun bellashadi. Zangiota tumani Axborot-kutubxona markazida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining iqtidorli yosh kitobxonlari o‘rtasida “Ma’naviyatli avlod” kitobxonlik tanlovining tuman hokimi sovrini uchun saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamda Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tashabbusi hamda Toshkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi, Xalq ta’limi, Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limlari hamkorligida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda tumandagi 17 ta maktabdan g‘olib vakillar ishtirok etdi. Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilarning bilimdonligi va salohiyati hakamlar hay’ati tomonidan uch yo‘nalish bo‘yicha baholab borildi. Endi 11 nafar g‘olib tuman hokimi sovrini uchun bellashadi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …