Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
18 марта 2024 г.
Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z 
Bayram tadbiri
Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ayniqsa, tinchlik va sog‘liqni ulug‘laydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navro‘zning bu yilgi qadri o‘zgacha. 
Ha, Navro‘zning butun mohiyatida xalqimizning ezgulikparvar qalbi namoyon bo‘ladi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Bugungi kunda Navro‘z o‘zining umuminsoniy g‘oyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda. Barchamizga ayonki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarori bilan 21 mart — butun dunyoda Xalqaro Navro‘z kuni sifatida keng nishonlandi.
Aholi farovonligi, yurtimiz ravnaqi ustuvor maqsad bo‘lgan shiddatli islohotlarimizda ham Navro‘z ruhi bor go‘yo! Bu ezgu o‘zgarishlar ham odamlar hayotiga xush yangiliklar olib kirmoqda. Bugun Zangiota tumani markaziy Madaniyat bog‘ida katta tantana, butun tuman ahli Navro‘z bayramini nishonlamoqda.Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi tomonidan sayyor kutubxona, eng sara adabiyotlardan ko‘rgazma va kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan aholi orasida  “Yaxshi kitob-bu mening hayotimidagi muhim hodisa” mavzusida o‘tkazilgan  qiziqarli savol-javobda eng yaxshi javob bergan ishtirokchilar kutubxona ma’muriyati tomonidan badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar. Shuningdek tuman hokimi E. Rustamov qator mutasaddilar bilan sayyor kutubxonada bo'lib, bu yerdagi yoshlar bilan qanday kitob o'qiyotganlari va bo'sh vaqtlarida nima bilan mashg'ul bo'layotganliklari haqida suhbatlashdi.
Aziz vatandoshlar, fursatdan foydalanib, sizlarni jamoamiz nomidan Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz.

9 апреля 2026 г.
Buyuk salohiyat sohibi

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 9-aprel, 2026-yil

 

📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish  maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …

Batafsil
9 апреля 2026 г.
Tarix sahifalaridagi buyuk sarkarda

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 9-aprel, 2026-yil

 

🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan  …

Batafsil
8 апреля 2026 г.
"Zakovat" bilimdonlar bellashuvi

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 8-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.

 

📚 Tadbirda  o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …

Batafsil
7 апреля 2026 г.
Kitob bilan kelajak sari

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 7-aprel, 2026-yil

 

🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.

 

📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …

Batafsil
6 апреля 2026 г.
Topqir kitobxon

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 6-aprel, 2026-yil

 

📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda.  Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.

 

🏛 O’quvchi-yoshlarning  kitob mutolaasiga …

Batafsil
3 апреля 2026 г.
Siyosiy-ma'rifat soati

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 3-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani  axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot  beruvchi  “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda  rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …

Batafsil