Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Ertakli kun
Kitobxonlik soati
Bolalar adabiyoti jajji bolajonlarning ichki dunyosini, ularning his-tuyg’ularini, fel-atvorlarini ochib berish bilan ularni hayajonlanishiga, qahramonlarning xatti -xarakatlarini baholashga va uni muhokama qilishga o’rgatadi. Badiiy asarlarning eng yaxshi namunasi bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga, yaxshi-yomon, haq-nohaq, rost- yolg’on so’zlarning ma’nosini tushunib olishga yordam beradi. Yozgi ta’tilda bolalar qiziqarli badiiy adabiyotlarni o‘qib, o‘z dunyo qarashlarini kengaytirishlari uchun ham yaxshi bir fursatdir. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 15-maktabda faoliyat olib borayotgan “Qaldirg’och” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida bo’lib, eng sara bolalar uchun nashr qilingan kitoblardan iborat “Ertakli kun” nomli kitobxonlik soati o’tkazib, ko’chma kutubxona tashkil qildilar, hamda olib borilgan adabiyotlarning targ’ibotini o’tkazdilar. Bolalar kitoblarga katta qiziqish bilan qarab o’zlari oqigan kitoblari, undagi qahramonlar haqida tengdoshlariga gapirib berdilar. “Masha va ayiq” hamda “Ochko’z boy” ertaklarini rollarga bo’lib jonlantirdilar. Ko’rgazma uchun olib borilgan kitoblardan o’qish uchun oldilar. Tadbirda 24 nafar o’quvchilar qatnashdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-aprel, 2026-yil
🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.
📚 Tadbirda o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-aprel, 2026-yil
🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.
📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …
#Zangiota_tuman_akm
📅 6-aprel, 2026-yil
📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 3-aprel, 2026-yil
🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot beruvchi “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …