Zangiota axborot-kutubxona markazi
Kitob olamiga sayohat
She’riyat kechasi
Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimiz deb bilamiz. Zero adabiyot, ayniqsa badiiy asar avvalo insonga tarbiya vositasi sifatida ta’sir etadi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.
Ta’kidlash joizki, odamlar bir-biri bilan muloqot qilishi uchun jamoat kutubxonalaridanda yaxshiroq joy yo‘q. Aslida ham shunday. Endilikda erishishimiz lozim bo‘lgan narsa, kutubxonalar aholining barcha qatlami uchun birdek mashhur joy bo‘lishi kerak. Ma’lumotlilar, ma’lumotli bo‘lish istagida yurganlar, ishsizlar, o‘quvchilar, yoshlar va katta yoshlilar, mahalliy aholi va mehmonlar — tom ma’noda har kim kutubxonalarning barcha imkoniyatlaridan foydalana olishi kerak.
Ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Kitob olamiga sayohat” mavzusida tumandagi 36-38- umumta’lim maktablarining 7-8-9-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, kitob fondida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxonaga sayohatlar o‘tkazilmoqda. Ular tadbir davomida nafaqat kitoblar bilan tanishmoqdalar, o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, undagi o‘zlariga ideal deb topgan qaxramonlari haqida suxbatlashib, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. O‘quvchilarning intelektual bilimlarini sinab ko‘rish uchun rebus o‘yinlari o‘tkazilib, bo‘sh vaqtlarida o‘qishlari uchun kitoblar tavsiya qilinmoqda. O‘z navbatida ishtirokchilar ham she’riyatga bo‘lgan muhabbatlarini monolog va she’rlarda ifoda etmoqdalar. Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun kutubxonaga ekskursiya o’tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …