Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
12 ноября 2021 г.
“Eng namunali oila kutubxonasi” ko‘rik-tanlovi

Respublikamizda o‘tkazilayotgan “Infolib  O‘zbekiston -2021” X Milliy axborot-kutubxona xaftaligi va yosh kutubxonachilar forumi doirasida  axborot-kutubxona markazida avval xabar berganimizdek turli mavzularda bir xaftalik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun 11 noyabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida   “Eng namunali oila kutubxonasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda  hududlardan saralab olingan, xonadonida  kutubxona tashkil etgan, farzandlari va nabiralariga kitob o‘qishga  mehr uyg‘otib  kelayotgan, oilada kitobxonlikni keng targ‘ib qilayotgan  kitobsevar oilalardan Xayriddin Qobilov,  Mavludaxon Qosimova hamda Nasiba Ubaydullayevalar ishtirok etdilar. Oilalar uch shart  bo‘yicha  o‘zaro kuch sinashdilar. Tanlovga Zangiota tumani AKM direktori Surayyo Axmedova, Zangiota tumani XTB uslubiyotchisi Zulfiya Sultonxo‘jayeva,  32-ummuta’lim maktabi kutubxonachisi  Matkarimova Gulchexralar hakamlik qildilar. Ishtirokchi oila boshliqlari  bir-birlaridan o‘ta bilimli va kitobsevar ekanliklarini namoyish etdilar.
Tanlov juda qiziqarli va samimiy tarzda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan o‘qib berilgan she’r va monologlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.  Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan  oilalar juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rganliklarini ko‘rsatdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra 1-o‘rin Nasiba Ubaydullayeva, 2-o‘rin esa Movluda Qosimova va Xayriddin Qobilovlar oilasiga nasib edi. Kitobxon oilalar  esdalik sovg‘alar va kitob jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
    “Eng namunali oila kutubxonasi” ko‘rik tanlovida  “Infolib  O‘zbekiston -2021” X Milliy axborot-kutubxona xaftaligiga rejalashtirilgan tadbirlarning yopilish marosimi o‘tkazildi.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil