Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
28 марта 2024 г.
Saratonda qor yog‘di

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Saratonda qor yog‘di
Kitob taqdimoti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  a’zosi, yozuvchi, mohir tarjimon, Sa’dulla Siyoyevning  ijodi juda serqirra bo‘lib, uning qator hikoya, xajviya va romanlari ko‘pchilikka ma’lum va manzurdir. Yozuvchining «Qasam ichmagan yigit», «Sadag‘ang ketay» «To‘ylar muborak» «Oy borib, omon keling» «Og‘ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalarida yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy his-tuyg‘ularini ardoqlaydi. «Yorug‘lik» «Beparvo bo‘lmoqchiman», «Avaz» kabi kitoblarini o‘quvchilar sevib o‘qib kelishmoqda. Adibning  «Yassaviyning so‘nggi safari» romanining birinchi kitobi hamda «Haqiqat yo‘li» deb nomlangan ikkinchi kitobida buyuk allomalardan biri  Ahmad Yassaviy haqida hikoya qilinadi. Sa’dulla Siyoyev M.Zoshchenko, L.Lench, A.Arkanov, G.Gorin kabi rus yozuvchilarining hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Axborot-kutubxona markazida yozuvchi tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Saratonda qor yog‘di” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.  Mutaxassislar tomonidan tadbir ishtirokchilariga Sa’dulla Siyoyevning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib, “Saratonda qor yog‘di” asarining mazmun mohiyati va bosh g‘oyasi to‘la-to‘kis ochib berildi. Tadbirda ishtirok etgan 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarga kutubxona bo‘ylab sayohat o‘tkazilib, o‘qishlari  uchun kitoblar tavsiya etildi.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil