Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
7 мая 2024 г.
Jadid adabiyoti namoyondalari

Zangiota axborot-kutubxona markazi
Jadid adabiyoti namoyondalari
Tarbiyaviy soat
XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida butun Sharq mamlakatlari bo‘ylab yoyilgan islohotchilik harakati chor Rosiyasi qo‘l ostida bo‘lgan Turkiston o‘lkasiga ham kirib keldi. Bu islohotchilik harakati tarixga «jadidchilik», uning vakillari esa«jadidlar» nomi bilan tarixga kirdi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida siyosiy xaritada paydo bo‘lgan 1991 yildan hozirga qadar olib borilgan tadqiqotlarda, yozilgan turli mazmundagi maqolalarda jadidchilik harakatining mohiyati turlicha tadqiq va tahlil qilindi, uning ko‘lami hamda uni harakatga keltirgan shaxslar hayoti, ijodi, jamiyatga bo‘lgan ta’siri masalalari yoritildi.
 O‘zbek jamiyati, qolaversa, hukumat jadidchilik harakati va jadidlarning hayoti, faoliyati va ijodiy merosini keng o‘rganishga boshchilik qildi. Chunki jadidchilik harakati va jadidlar zamonaviy o‘zbek jamiyati va davlatchiligi shakllanishiga munosib hissa qo‘shdi, jadidlarining ilmiy va ijodiy merosi bugungi avlod tarbiyasida muhim o‘rni tutadi va ularda aks etgan g‘oyalar dolzarbligini yo‘qotgan emas.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 9 may Xotira va qadrlash kuni arafasida 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi  o‘qituvchi va  o‘quvchilari bilan “Jadid adabiyoti namoyondalari” nomli tarbiyaviy soat o‘tkazildi. Unda millatimiz ozodligi va obodligi, ma’rifati va saodati  uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarflagan  hattoki shu yo‘lda jonlarini qurbon  qilgan  jadid bobolarimiz, ularning mashaqqatli hayot yo‘llari va  milliy uyg‘onish  g‘oyasi uchun kurashlari haqida so‘z bordi. Ishtirokchilar jadidlarni  xotirlab, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabi ajdodlarimizning hayot yo‘llari, ular qoldirgan adabiy meros haqida suhbatlashdilar. Tadbir so‘nggida kutubxona bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi va mutaxassislar tomonidan o‘qish uchun kitoblar tavsiya qilindi.

21 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 21-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …

Batafsil
20 июля 2026 г.
“Islom e’tiqodi ustozi”

#Zangiota_tuman_akm

📅 20-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …

Batafsil
17 июля 2026 г.
“Kitobxon ona-millat fahri”

#Zangiota_tuman_akm

📅 17-iyul, 2026-yil

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”

 

🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …

Batafsil
16 июля 2026 г.
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi

#Zangiota_tuman_akm

📅 16-iyul, 2026-yil

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.

 

🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …

Batafsil
15 июля 2026 г.
“Qat-qat qatlama aqling yetsa tashlama”

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …

Batafsil
14 июля 2026 г.
“Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida”

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.

📚 Unda har …

Batafsil