Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob bilim bulog‘i- o‘quvchining o‘rtog‘i
Kitobxonlik kuni
Azal-azaldan ertaklar bolalar qalbiga umid, ishonch ruhini bag‘ishlab kelgan. Ular ongiga vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi tuyg‘ularni singdirish yo‘lidagi ilk ma’naviy ozuqa hisoblangan. Mardlik, halollik, oqillik kabi xislatlar tarannum etilgan ertaklarda hamisha ezgulik g‘alaba qozongan. Zamon o‘zgardi. Bizning sehrli ertaklarimiz o‘rnini televideniye, kompyuter, internet kabi vositalar egalladi. Yangiliklar bolalar olamini yangilayotganini e’tirof qilmay bo‘lmaydi. Ularning fikr doiralari kengaymoqda. Ba’zan ularning ziyrakligi, zehnidan hayratlanamiz. O‘quvchilarning ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish ularning qalbida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, mehrini shakllantirish maqsadida axborot-kutubxona markazida ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Bugun 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 4-sinf o‘quvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar, ular bilan “Kitob bilim bulog‘i- o‘quvchining o‘rtog‘i” mavzusida kitobxonlik kuni o‘tkazildi. Unda o‘quvchilar ta’til davrida qanday dam olayotganlari, o‘qigan kitoblari, yodlagan she’rlari haqida dildan suhbat qildilar hamda o‘zbek xalq maqollari tasvirlangan rebus o‘yinlarini katta qiziqish bilan o‘ynadilar. Ekskursiya davomida mutaxassislar o‘quvchilarni bolalar kitoblari, ertaklar, afsona va rivoyatlar hamda bolalar enseklopediyalari bilan tanishtirib, ularga o‘qishlari uchun kitoblar tavsiya qildilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …