Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
7 апреля 2023 г.
“Yangilanayaotgan Konstitutsiya - bizning Konstitutsiya”

#zangiota_AKM
#yangilanayotgan_konstitutsiya

✅Yangi konstitutsiya xalq hukmiga havola qilindi, ularning takliflari e’tiborga olinib konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilayotgani, ochiqlik, oshkoralik, demokratik tamoyillarga to‘la amal qilinayotgani bejiz emas. 
🇸🇱Mamlakat taqdiri va xalq manfaatiga daxldor deyarlik barcha qonun va qarorlar Prezident tomonidan imzolanadi. Faqatgina bitta hujjat Prezident tomonidan imzolanmaydi. Bu Konstitutsiyadir. U xalq hukmiga havola etiladi. Uning pishiq va mukammal bo‘lishi xalq iqboli, mamlakat istiqbolining yorqin ifodasidir.
 ✨2023 yil 7 aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Yangilanayaotgan Konstitutsiya - bizning Konstitutsiya” mavzusida targ`ibot tadbiri bo`lib o`tdi. Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, bir so‘z bilan aytganda, loyiha tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganligi alohida ta’kidlandi.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil