Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, 1989 yildan 2016 yilga qadar mamlakatni boshqargan rahbar, millat yetakchisi, favqulodda zukko siyosatchi, kuchli jasorat, bukilmas iroda sohibi sifatida sodir bo‘layotgan murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini teran anglagan, har bir yurtdoshining taqdiri uchun alohida mas’uliyatni his etgan. O‘zbekiston ahli uni haqli ravishda mustaqil mamlakatning me’mori, istiqlol kurashchisi va porloq istiqbol asoschisi deb biladi. U xalqaro maydonda Mustafo Kamol Otaturk (Turkiya), Sharl de Goll (Fransiya), Jorj Vashington hamda Franklin Ruzvelt (AQSH), Mahatma Gandi (Hindiston), Uinston Cherchill (Buyuk Britaniya) singari davlat arboblaridek obro‘-e’tibor qozondi. Dunyo siyosatining yetakchi namoyandalari uning fikriga quloq tutdi. U mudom xalq manfaatlarini o‘ylagan, hamisha mamlakat taraqqiyoti va farovonligini ko‘zlab faoliyat yuritgan oqil davlat rahbari, mohir siyosatchi edi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan «Yaxshilar yodi unutilmas» deb nomlangan xotira kechasi o‘tkazildi. Kechada AKM direktori S.Axmedova yig‘ilganlarga metin iroda va qat’iyat sohibi bo‘lgan I.Karimov ulug‘ sarbon sifatida ulkan maqsadlarni ilgari surganligi, xalqni ularga ishontira olganligi, shu tariqa mamlakatda ahillik, birdamlik muhiti yaratilganligi, Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosida O‘zbekiston chinakam Yurtboshiga ega bo‘lganligi haqida gapirib o‘tdilar. U xalq dardiga quloq tutib, uning ko‘ngliga yo‘l topa oldi, tinchlik va osoyishtalikni ta’minladi, eng muhimi, ko‘p millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashtirib, olamshumul islohotlarga safarbar etdi. «Ulug‘ insonlar doimo barhayot» deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda ko‘rgazmadan joy olgan Luqmon Bo‘rixonning «Olov tutgan odam» kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda tuman mahallalarida yangi joriy etilgan «Yoshlar» yetakchilari va kitobxonlar ishtirok etdilar. Tadbirdan so‘ng yoshlar yetakchilariga AKMga ekskursiya uyushtirilib, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kitob fondi bilan tanishtirildi. Ishtirokchilarning 38 nafari kutubxonaga a’zo bo‘lib ,o‘zlari uchun zarur adabiyotlarni o‘qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …