Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
23 апреля 2026 г.
Bilimdon bolajon-kutubxonada mehmon

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 23-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Sog‘lom, mustaqil fikrga ega, har jixatdan barkamol, intellyektual yetuk avlodni tarbiyalashni asosiy maqsad qilgan mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dodlarini namoyon qilishga keng imkoniyatlar yaratilgan. Bugun 14-maktabning 1- sinf o‘quvchilari bilan  “Bilimdon bolajon-kutubxonada mehmon” mavzusida  tadbir tashkil etildi.

 

📚 Texnika, aviatsiya, hayvonot dunyosi haqidagi  qiziqarli ensiklopedik kitoblar haqida ma’lumotlar berildi. O’z navbatida yosh kitobxonlar onajonlari, buvijonlaridan eshitgan ertaklari, o’zlari yod olgan shae’rlaridan aytib berdilar. Mutaxassislar bolalar uchun nashr etilgan yangi kitoblar hamda kutubxonadan foydalanish qoidalarini  tushuntirdilar. Ularni kitob mutolaa qilishga yanada qiziqtirish, kitob fondida saqlanayotgan bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi. O’quvchilar tashkil etilgan kitob ko’rgazmalarini qiziqish bilan tomosha qildilar.

 

👥 Tadbirda 38 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar.

 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

 

Sayt | Instagram |

Facebook | YouTube | telegram

15 мая 2026 г.
Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-may, 2026-yil
 

🏛 Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!
Bu vaqt o’quvchilar uchun nafaqat dam olish,balki sevimli kitoblari bilan do’stlashish uchun qulay fursatdir.Shu munosabat bilan axborot kutubxona-markazi mutaxassislari 40-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari huzuriga tashrib buyurib qiziqarli suhbat o’tkazdilar.

📚Uchrashuv davomida mutaxassislar jajji kitobxonlarga yangi nashr etilgan , “Malika uchun …

Batafsil
14 мая 2026 г.
Kitob bilim va ma’naviyat manbai

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-may, 2026-yil
 

📚 Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai hisoblanadi. Mutolaa orqali insonning nutqi ravonlashadi, fikrlashi kengayadi hamda kelajakka bo‘lgan intilishi kuchayadi. Shu bois yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

🏛 Bugun axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 40-maktabda …

Batafsil
13 мая 2026 г.
Ma’rifat sari ochilgan yo‘l

#Zangiota_tuman_akm

📅13-may, 2026-yil
 

🏛 Yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ochiq osmon ostida “Ma’rifat sari ochilgan yo‘l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚 Mazkur tadbir davomida kitobxonlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish qilindi. Ochiq …

Batafsil
12 мая 2026 г.
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📅 12-may, 2026-yil
 

📚 Kitob qalbni nurga toʻldiruvchi bebaho boylikdir. Inson kitob oʻqish orqali bilim oladi, tafakkuri kengayadi va hayotga boʻlgan qarashi oʻzgaradi. Kitob bizni ezgulikka, sabr-toqatga va odobli boʻlishga oʻrgatadi.
Har bir kitob oʻzida katta ma’no va hayotiy saboqlarni mujassam etgan. Ertaklar mehribonlikni, tarixiy kitoblar ajdodlarimizning boy …

Batafsil
8 мая 2026 г.
XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT

#Zangiota_tuman_akm

📅 8-may, 2026-yil

XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT
 

🏛 Zangiota tumanidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ezgu tilak va samimiy minnatdorlik izhor etildi.

Xotira va qadrlash …

Batafsil
7 мая 2026 г.
Kitob sevar yoshlar yurt kelajagi

#Zangiota_tuman_akm

📅 7-may, 2026-yil
 

📚 Bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish muhim vazifalardan biriga aylangan, chunki kitob o‘qigan yoshlar Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan, bilimli va barkamol inson bo‘lib ulg`ayadilar. Kitob insonni sabrli, odobli va maqsad sari intiluvchan qilib tarbiyalaydi.

🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga rag‘batini oshirish, kitobxonlar safini yanada …

Batafsil