Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
16 августа 2023 г.
“Tabobat ilmining sultoni”

📜 Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino bo‘lib, u Yevropada Avisenna nomi bilan mashhurdir.
📚2023 yil 16-avgust kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida, O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi Zangiota tumanida joylashgan jazoni ijro etish muassalarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar ishtirokida Abu Ali ibn Sino tavalludi kuni munosabati bilan “Tabobat ilmining sultoni” nomli davra suhbati o`tkazildi.
⚡️AKM direktori S.Axmedova so`zga chiqib, Ibn Sino o‘zining ko‘p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta iz qoldirganligi, u o‘z ijodi, ilmiy faoliyatida Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy ko‘tarinkilik, madaniy “uyg‘onish”ning ma’naviy yutuqlarini mujassamlashtira olganligi, bu bilan butun Sharq va Yevropadagi ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatganligi hamda u qoldirgan adabiy merosni asrab-avaylashimiz kerakligi haqida gapirdi.
📎Tadbirda ishtirokchilarning kitobxonlik darajasini sinash maqsadida, aralash so`z o`yini, maqolni davom ettir hamda rebus o`yinlari o`tkazildi. Shuningdek, kutubxonaga yangi kelgan “Turkiy adabiyot durdonalari” to`plami bilan tanishtirildi.

3 ноября 2026 г.
"Muqdaddasdir Vatan bayrog'i"

#Zangiota_tuman_akm

📆 03-noyabr, 2026-yil

📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …

Batafsil
2 ноября 2026 г.
“Yurakdagi rangin kamalak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 02-noyabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …

Batafsil
30 октября 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 30-oktabr, 2026-yil

📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …

Batafsil
29 октября 2026 г.
"Uch avlod uchrashuvi"

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 29-oktabr, 2026-yil

📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …

Batafsil
28 октября 2026 г.
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovi

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 28-oktabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va  oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …

Batafsil
27 октября 2026 г.
“Yashil energiya — musaffo osmon”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 27-oktabr, 2026-yil

📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …

Batafsil