Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
19 октября 2022 г.
“Men topgan xazinaning o`zisan ona tilim, Yangi O`zbekistonning so`zisan ona tilim”

#Zangiota_AKM
#Men_topgan_xazinaning_o`zisan_ona tilim_Yangi_O`zbekistonning_so`zisan_ona_tilim
Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish millatning yuksalishi demak. 1989 yil 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo`yicha “Davlat tili to`g`risida” gi Qonun qabul qilinib, unga ko`ra O`zbek tiliga – davlat tili maqomi berildi. Shu kundan boshlab, xalqimizning muqaddas qadriyatlarining gultoji bo`lgan ona tilimiz o`zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo`ldi. Bu yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligini nishonlaymiz. Ushbu muddat tarix oldida qisqa fursatdek tuyulsa-da, o‘tgan yillar davomida tilimizning nufuzi va obro‘si yana-da yuksalgani, ona tilimizda so‘zlashuvchilar soni jahon miqyosida million kishiga yetgani ham barchamizga g‘urur, iftixor bag‘ishlaydi. 2022 yil 18 oktabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Men topgan xazinaning o`zisan ona tilim, Yangi O`zbekistonning so`zisan ona tilim” deb nomlangan davra suhbati bo`lib o`tdi. Tadbirda tuman hokimining o`rinbosari,  oila va xotin-qizlarni qo`llab quvvatlash bo`limi boshlig`i S.Usmonova, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi Zangiota tumani bo`linmasi rahbari Sh.Bobojonova, tuman “Istiqbol” gazetasi bosh muharriri D.Sharipova, tuman hokimining til bo`yicha maslahtchisi N.Mavlonbekova hamda  73 ta MFYlarining xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar. Davra suhbati qizg`in savol-javoblarga boy tarzda o`tdi. Tadbir yakunida axborot-kutubxona markazi tomonidan yig`ilganlar uchun “O`zbek tilining izohli lug`ati” kitobining taqdimoti o`tkazildi.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil