Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Millatni uyg’otgan jadidlar
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Har bir millat va elatning o’z tarixi bor. Tarix zamirida esa, milliy o’zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg’usi mujassam. Mamlakatimizda istiqlol yillarida tarixiy qaror toptirish, xususan, Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo’lida qurbon bo’lgan xalqimiz farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o’rganish, tadqiq va targ’ib etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bugun axborot-kutubxona markazida Nuroniy jamg’armasi Zangiota tumani bo’limi bilan hamkorlikda “Millatni uyg’otgan jadidlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda 30-yillarda yuzlab, minglab ziyolilar — millatni uyg‘otgan jadidlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar, olimlar “xalq dushmani” degan soxta tamg‘a bilan o‘limga hukm etilganligi, ularning aybi – faqatgina xalqni o‘qitish, millatni uyg‘otish, erkin fikrlashga o’rgatish ekanligi gapirib o’tildi. O’zbekiston qahramoni, O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad, O’zbekiston xalq yozuvchisi Shukrullolarning “Xalq dushmani” sifatida bir necha yillar qamoq jazosini o’taganliklari haqida ma’lumotlar berildi hamda ularning “Kafansiz ko’milganlar”, “Yo’qotganlarim va topganlarim” kitoblari, “Jadid adabiyoti namoyandalari” rukni ostida nashr etilgan “Abdulla Avloniy” kitoblarining targ’iboti olib borildi hamda o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbirda 28 nafar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya tiklash boshqarmasi xarbiy xizmatchilari va askarlari ishtirok etdilar. Tadbirdan so’ng kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …