Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
31 мая 2022 г.
Ijodkorlar bilan uchrashuv

#ulug'_xalq_qudrati_jo'sh_urgan_zamon
 #ijodiy_uchrashuv
Zangiota tumanida bo‘lib o‘tayotgan "Munavvar oqshomlar " festivali doirasida 2022 yil 31 may kuni axborot-kutubxona markazining sayyor kutubxonasida "Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon" shiori ostida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman "Istiqbol" gazetasi bilan hamkorlikda yoshlar va ijodkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari,  Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari, Xalq ta'limi a'lochilari, bolalar shoiri Muhayyo To‘laganova, shoira Mavjuda Sayyid (Xaitova) hamda shoir, madaniyat hodimi Erkin Akromovlar tashrif buyurdilar. Ushrashuv davomida ijodkorlar tomonidan o‘z ijod  namunalaridan patchalar o‘qib eshittirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi" kitobining targ'iboti o'tkazilib, ijodkorlar bilan yoshlar o'rtasida hozirgi kunda jahonning ayrim mamlakatlarida urush ketayotgan bir paytda bizning jonajon o'lkamizda tinchlik hukmronlik surib, bayramlar bolayotganligiga shukronalar aytilib, erkin muloqat uyushtirildi. Tadbir ishtirokchilari o'zlari qiziqqan savollarga ijodkorlardan javob oldilar. Uchrashuv so‘ngida ijodkorlar Zangiota tumani axborot-kutubxona markaziga "Jasorat", " Qutlug‘ yo‘l" nomli kitoblar to‘plami sovg‘a qildilar.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil