Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitob targ’iboti
19-dekabr kuni axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ib qilish maqsadida mutaxassislar tomonidan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ’iboti ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida tuman aholisining kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlari, qanday kitoblar o’qishni istashlari qisqa savol-javoblar orqali o’rganildi. Maktab yoshidagi kitobxonlarga “Jahon xalqlari ertaklari”, “O’zbek xalq ertaklari”, A.Obidjonning “Futbol to’pining sayohati” kitoblari, katta yoshdagi kitobxonlarga “Buyuk yurt allomalari” S.Axmadning “Ufq”, Yuy Xulning “Yashamoq” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. Ushbu tadbirda 50 nafardan ortiq turli yosh toifasidagi aholi qamrab olindi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 18-fevral, 2026-yil
👤Kitobxon onalar safini kengaytirish, jamiyat hayotida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish orqali o`sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasi shakllanishiga xizmat qiladi.
🏛Shu maqsadda navbatdagi “Kitobxon onalar” kuni tadbiri tumanning faol ayollari bilan "Onalar yaratgan dunyo" mavzusida dildan suhbat tarzida o’tkazildi. Tadbir ishtirokchilari oilada …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-fevral, 2026-yil
🏛 Axborot-kutubxona markazida davlat tilining nufuzini yuksaltirish hamda yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida “Ommaviy diktant” tadbiri tashkil etildi.
👥Tadbirda tuman hokimligi jamoasi, shuningdek, hududdagi tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari faol qatnashdilar. Mazkur tashabbus Toshkent viloyati hokimligi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-fevral, 2026-yil
👤Zahiriddin Muhammad Bobur – harbiy sarkarda, adib, tarixchi va davlat arbobi sifatida o‘zidan beqiyos meros qoldirgan shaxsdir, hayoti va ijodi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun jahon madaniyati uchun muhim ahamiyatga ega. Uning ijodi va harbiy yurishlari bugungi kunda ham o‘rganilib, yosh avlodga o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda. …
#Zangiota_tuman_akm
📅 13-fevral, 2026-yil
👥 Ikki buyuk siymo Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kunlari respublikamiz bo'ylab keng nishonlanmoqda.
🏛Yoshlar qalbida ajdodlarimizga hurmatni shakllantirish, ularning qoldirgan boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida rus tili toʻgaragi a‘zolari oʻtrasida “Zakovat” intellektual o‘yini oʻtkazildi. Yosh bilimdonlar oʻzbek …
#Zangiota_tuman_akm
📅 12-fevral, 2026-yil
📚 Kitob — ma'naviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til rivoji uchun asosiy manba, u insonda Vatanga muhabbat, milliy hamda umuminsoniy qiymatlarga hurmat hissini rivojlantiradi, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
🏛Bolalar va o’smirlarni yangi nashr etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishtirish, ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 11-fevral, 2026-yil
👤 Buyuk shoir va mutaffakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o’rin tutadi.
🏛Bugun axborot-kutubxona markazida ulug’ shoir tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Buyuk siymolar yodi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir …