Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
18 ноября 2024 г.
O’zbekiston bayrog’i-iqbolidek yorqin, g’ururidek sarbaland

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
O’zbekiston bayrog’i-iqbolidek yorqin, g’ururidek sarbaland
Zakovat intelektual o’yini
Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida o‘rni bor. Shu ma’noda, milliy bayrog‘imiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni hamda rolini ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi.  O‘zbekistonimiz istiqlolga erishgach, eng avvalo, davlatimiz ramzlari tasdiqlandi. 1991 yil 18 noyabr xalqimiz yodida o‘chmas va qutlug‘ sanalardan biri bo‘lib qoldi. Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonunning 2-, 3-moddalarida bayrog‘imiz O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi ekanligi, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lishi belgilab qo‘yildi.  
Bugun tumandagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabida “O’zbekiston bayrog’i-iqbolidek yorqin, g’ururidek sarbaland” deb nomlangan tarbiyaviy soat hamda “Zakovat” intelektual o’yini tashkil etildi. Tadbirda Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzi ekanligi haqida so’z yuritildi. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab tursa, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi deb ta'kidlandi.  “Zakovat” bellashuvida o’quvchilar o’zlarining bor bilim va imkoniyatlarini ishga solib g’oliblik uchun kurash olib bordilar. G’olib jamoa a’zolari “Faxriy yorliq” hamda  badiiy adabiyotlar bilan mukofotlandilar.

21 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 21-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …

Batafsil
20 июля 2026 г.
“Islom e’tiqodi ustozi”

#Zangiota_tuman_akm

📅 20-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …

Batafsil
17 июля 2026 г.
“Kitobxon ona-millat fahri”

#Zangiota_tuman_akm

📅 17-iyul, 2026-yil

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”

 

🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …

Batafsil
16 июля 2026 г.
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi

#Zangiota_tuman_akm

📅 16-iyul, 2026-yil

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.

 

🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …

Batafsil
15 июля 2026 г.
“Qat-qat qatlama aqling yetsa tashlama”

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …

Batafsil
14 июля 2026 г.
“Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida”

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.

📚 Unda har …

Batafsil