Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
1 июня 2022 г.
"Men ham shoir bo‘laman"

#men_ham_shoir_bolaman
#xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni
#munavvar_oqshomlar_festivali
Bolalar insoniyat hayotining mohiyati. Ular borligi uchun tamaddun charxpalagi hamon aylanib turibdi. Ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni asrab-avaylash, komil inson etib tarbiyalash har bir ota-ona va oilaning burchi, har bir davlat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omil sanaladi.
Bola tabassumi – olam bezagi. Ayniqsa, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida sayyoramiz bolajonlarning samimiy va beg‘ubor kulgusi bilan yanada yasharib ketadi. Bu sana quyoshli diyorimizda ham o‘zgacha intiqlik bilan kutiladi. Shu munosabat bilan Zangiota tumanida bolib otayotgan "Munavvar oqshomlar" festivali doirasida "Men ham shoir bo‘laman" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati tuman axborot -kutubxona markazining ko‘chma kutubxonasida,  Ma'naviyat va ma'rifat tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda bolib otdi. Tadbir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, madaniyat hodimi X.Safarov ishtirokida o‘tkazildi. Suhbat davomida yoshlar tomonidan  she'rlar,  X. Safarov ijrosida o'zbek milliy cholg'u asbobi bo'lmish rubobda kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi. Bolajonlar esa o'zlarining go'zal raqslari bilan davraga yanada fayz bag'ishladilar.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil