#Zangiota_tuman_akm
📅 13-aprel, 2026-yil
🏛️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvar "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o'qishga qiziqishni oshirish chora tadbirlari to'g'risi"dagi 9-son qaroriga hamda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 8- apreldagi 01-12/300-son xatiga asosan, bugun Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar Millat” shiori ostida haftalikning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi. Haftalik ichki ishlar Vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar Bosh Boshqarmasi mas’ul xodimlari, Zangiota tumani ichki ishlar bo’limi, tuman Madaniyat bo’limi bilan hamkorlikda O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi kuniga bag’ishlangan “Erta so’ngan yulduzim” nomli xotira kechasi bilan boshlandi.Muhammad Yusuf oramizda yo’q bo’lsa-da uning dardchil satrlarini sog’inmagan, kitoblarini kitob do’konidan izlamagan muxlislari bo’lmasa kerak. Tadbirda shoirning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berildi, she’rlaridan namunalar o’qildi. Madaniyat bo’limi honandalari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar yig’ilganlarga xush kayfiyat bag’ishladi.
📚 Adib asarlari asosida “Xotira uyg’onsa go’zal” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” va M.Yusufning “Saylanma” kitoblarining targ’iboti olib borildi hamda o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbir nihoyasida yig’ilganlar tashkil etilgan kitob yarmarkasi bilan tanishdilar va kutubxona bo’ylab ekskursiya qildilar. Ular kitob fondi, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib o’zlariga ma’qul kitoblardan o’qish uchun oldilar.
👥 Tadbirda 68 nafar kitob ixlosmandlari ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-iyun, 2026-yil
🏛 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Zangiota tumanida “Baxtli bolalik” shiori ostida “Bolalik mamlakatining baxtli bolasi” nomli bayram tadbiri o’tkazildi.
📚Bolajonlar tomonidan Vatan, tinchlik, baxtli bolalikni tarannum etuvchi she’rlar yod olindi, qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi tomonidan sayyor kutubxona va …
#Zangiota_tuman_akm
📅 26-may, 2026-yil
📚 Bugungi shiddatliy zamonda vaqt - eng oliy qadriyat. Shu bois, aholi orasida, ayniqsa yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Yo'l - yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
📚Mutaxassislar tomonidan yo'lovchilarga qiziqarli adabiyotlar haqida ma'lumotlar berilmoqda.
📚 Mutolaaning inson ruhiyati va intellektual salohiyatiga …
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
“YUKSAK MA’RIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI”
Zangiota tumanida 2025–2026 o‘quv yilining yakunlanishi munosabati bilan barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Bayram tadbirlarida bitiruvchi yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
🔔 Xususan, tumandagi 39 ta umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” …
#Zangiota_tuman_akm
📅 25-may, 2026-yil
🏛 Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida targ’ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
📚Bugun " Farobiy " MFY da Akmal Tosh ning "Xavotir" , Alber Kamyu "Begona vabo", Ravshan Abdulla o`g`lining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 22-may, 2026-yil
👤 Artur Konan Doyl jahonga mashhur shotlandiyalik yozuvchi bo‘lib, detektiv janrining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adiblardan biridir. Uning “Sherlok Xolms” haqidagi asarlari bugungi kunda ham kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi.
📚 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida mashhur adib tavalludi kuniga bag’ishlab "Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati" …
#Zangiota_tuman_akm
📅 22-may, 2026-yil
🏛 Bugun tumanimizda “Oila-qadriyatlar beshigi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash,keksalarga hurmat va ehtirom ko’rsatish.yoshlarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash haqida fikir mulohazalar yuritildi.Tumanimizdagi 4 nafar ibratli oila sohib va sohibalari“Qo’sha qarish saodati”mavzusida yoshlarga nasihatlar qilib , zarur tavsiyalarni berdilar.
📚Axbarot-kutubxona markazi tomonidan mavzu …