Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Nozik qalbli shoira
Mutolaa soati
O‘zbekiston xalq shoirasi Oydin Xojiyeva 1942 yil 22 aprelda Buxoro viloyatining Qiziltepa tumanida dunyoga kelgan. 1966 yilda Toshkent Davlat dorilfununing filologiya fakultetini imtiyozli tugatgan. Faoliyati davomida “Sharq yulduzi”, “Saodat”, “Gulxan” jurnallarida samarali mexnat qilgan. Oydin Hojiyevaning “Shabnam”, “Men sevgan qo‘shiq”, “Buvisining o‘z qizi”, “Olisdan kelgan ovoz” kabi she’riy to‘plamlari, “Chashmalarni izlayman” nomli publisistik asarlar majmuasi, bolalar uchun yozilgan ajoyib she’rlari kitobxonlarga manzur bo‘lgan.
Uning barcha to‘plamlarida pokiza va mehribon, kechirimli va sadoqatli ona tuyg‘ulari, vafodor yor, didli, farosatli va nozik ta’b shoira qalbi jo‘sh urib turadi. Shoiraning “Istiqlolga qasida” nomli she’rida shu ona zaminga uningkelajagi taqdiriga jonfidolik ko‘rinib turadi. Oydin Hojiyeva mohir shoirgina emas, ajoyib publisist va tarjimondir.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida iste’dodli o‘zbek shoirasi Oydin Hojiyeva tavalludi kuniga bag‘ishlangan “Nozik qalbli shoira” nomli mutolaa soati bo‘lib o‘tdi. Unda shoiraning hayoti va ijodi, turli yillarda yozilgan eng sara she’rlari haqida suhbatlashildi.O‘quvchilarning bilim darajalari va kitobxonliklarini sinab ko‘rish maqsadida rebus o‘yini o‘tkazildi. Shoiraning 2022 yilda nashrdan chiqqan “Alla” nomli she’riy to‘plamining targ‘iboti olib borilib, tadbir so‘nggida kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …