#Zangiota_tuman_akm
📆 16-noyabr, 2026-yil
📚“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi 16–20-noyabr kunlari Buxoro va Toshkent shaharlarida hamda respublikaning barcha hududiy axborot-kutubxona markazlarida keng miqyosda o‘tkaziladi. Tadbir kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilg‘or tajribalar almashish hamda soha mutaxassislari uchun seminar va uchrashuvlarni tashkil etishga qaratilgan. Shu munosabat bilan Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida ham hafta davomida turli mavzularda seminar-treninglar, interaktiv o’yinlar, kitobxonlik soatlari, davra suhbatlari, qiziqarli uchrashuvlar, “Zakovat” o’yinlari, ekskursiyalar, kitob yarmarkalari va yangi nashr etilgan kitoblar yuzasidan kitob ko’rgazmalari tashkil etish ko’zda tutilgan.
🏛 Bugun axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bilan haftalik ishiga start berildi. Kun davomida davra suhbatlari, ekskursiyalar, muloqotlar, kitob targ’ibotlari olib borildi.
“Kitob-qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari hamda 14-maktabning 6-sing o’quvchilari hamkorligida “Kitobxon Millat-qudratli Millatdir” deb nomlangan kitobxonlik soati o’tkazildi. Tadbirda kutubxona mutaxassislari va ishtirokchilar o’rtasida badiiy adabiyotning inson hayotida tutgan o’rni, kitob insonning eng yaxshi do’sti ekanligi haqida qizg’in fikr almashuv bo’lib o’tdi. Mutaxassislar tomonidan A.Chexovning “Hikoyalar”, M.Gorkiyning “Hamrohim sayohatchi”, S.Quronovning “Galaktikada bir kun” nomli kitoblarning taqdimoti o’tkazildi. Ishtirokchilarning kitobxonlik darajasini sinovdan o’tkazish maqsadida qiziqarli savol-javob va rebus o‘yinlari o’tkazildi.
Tadbir yakunida yig’ilganlar kitob yarmarkasi va kitob ko’rgazmalari bilan tanishib, kutubxona bo’ylab ekskursiya qildilar va o’zlariga yoqqan kitoblarni o’qish uchun oldilar.
👥 Tadbirda 42 nafar o’quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …