Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Mening sevimli kitobim
Kitobxonlik soati
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o’quvchi-yoshlarni yozgi ta’til kunlarida bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, maqsadida maktablar qoshida tashkil etilgan sog’lomlashtirish maydonchalarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etmoqdalar. “Kitobxonlikda ta’til bo’lmaydi” shiori ostida kutubxonadagi eng sara bolalar va o’smirlar uchun nashr etilgan adabiyotlardan kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, “Mening sevimli kitobim” nomli kitobxonlik soati 36-maktabdagi “Qaldirg’och” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida o’tkazildi. Tadbirda kitob har qanday sharoit va vaziyatda bizlarning hamrohimiz, kerak bo’lganda maslahatchimiz bo’lishi haqida so’z yuritildi. Ko’rgazma uchun olib borilgan S.O’zerenning “Kichik suv tomchisining dunyoga sayohati”, “Dunyo tan olgan 20 iste’dod sohibalari”, Ch.Dikkensning “Oliver Tvist” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. Bolalar ham o’zlari yaxshi ko’rib o’qigan kitoblari, ularning qahramonlari haqida tengdoshlariga gapirib berdilar. Tadbirda 18 nafar o’quvchi-yosh ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan kitoblardan o’qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-aprel, 2026-yil
🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.
📚 Tadbirda o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-aprel, 2026-yil
🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.
📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …
#Zangiota_tuman_akm
📅 6-aprel, 2026-yil
📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 3-aprel, 2026-yil
🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot beruvchi “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …