Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
18 декабря 2025 г.
Jadidlar –Millat qahramonlari

Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi

Jadidlar –Millat qahramonlari

Tarbiyaviy soat

O’tgan asrning boshlarida millatning yorqin ziyolilari yetishib chiqdiki, ular tarixga “Jadidlar” nomi bilan kirdilar. Ularning hayotini yoshlarga ibrat qilib ko’rsatish, yozgan asarlarini targ’ib qilish maqsadida 18-dekabr kuni  tumandagi 14-maktabda  “Kitob-qalb quyoshi” faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan hamkorlikda “Jadidlar –Millat qahramonlari” nomli tarbiyaviy soat o’tkazildi. Unda jadidlar xalqni boshi berk ko‘chadan olib chiqishning yagona to‘g’ri yo‘li nafaqat ma’rifatda, ta’limda, siyosatda balki turkiy xalqlarning birligida deb bilganliklari, ular yangi zamonni ilm-ma’rifat asosiga qurilgan ilg‘or jamiyatni orzu qilgan millat oydinlari ekanliklari haqida aytib o’tildi. O’quvchilar tomonidan she’rlar yod olindi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan “Jadid adabiyoti namoyandalari” ruknida nashr etilgan “Ishoqxon Ibrat”, “Munavvar qori Abdurashidxonov” kitoblarining targ’iboti olib borildi va o’qish uchun tavsiya etildi. Tadbirda  18 nafar o’quvchi-yoshlar qamrab olindi.

3 ноября 2026 г.
"Muqdaddasdir Vatan bayrog'i"

#Zangiota_tuman_akm

📆 03-noyabr, 2026-yil

📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …

Batafsil
2 ноября 2026 г.
“Yurakdagi rangin kamalak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 02-noyabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …

Batafsil
30 октября 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 30-oktabr, 2026-yil

📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …

Batafsil
29 октября 2026 г.
"Uch avlod uchrashuvi"

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 29-oktabr, 2026-yil

📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …

Batafsil
28 октября 2026 г.
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovi

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 28-oktabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va  oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …

Batafsil
27 октября 2026 г.
“Yashil energiya — musaffo osmon”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 27-oktabr, 2026-yil

📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …

Batafsil