Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Kichik kitob jurnalistlari
Mahorat darsi
Bugun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tumandagi 8 - maktab qoshida faoliyat olib borayotgan “Bunyodkor” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida dam olayotgan o’quvchi – yoshlar uchun axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Kichik kitob jurnalistlari" – nomli mahorat darsi va qiziqarli davra suhbati o'tkazildi. Unda o’quvchi – yoshlar o’zlarini xuddi jurnalistlardek his qilib, bor mahoratlarini ishga soldilar. Bundan ko’zlangan asosoy maqsad yoshlarda nutq madaniyatini rivojlantirish va dunyoqarashini kengaytirishdan iborat. Shuningdek mutaxassislar tomonidan yangi nashr etilgan bolalar kitoblari haqida ma’lumotlar berilib, “Zumrad shahar parisi” nomli ertak o’qib eshittirildi. Bolalar ertakni maroq bilan tinglab, ertakdan olgan tassurotlarini tengdoshlariga gapirib berdilar. Ertak yuzasidan berilgan savollarga tezkorlik bilan javob topishga harakat qildilar. Tadbirda 34 nafar o’quvchilar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …