Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Tabiatni asrashda mening hissam
Ekologik tarbiyaviy soat
Har yili 5-iyun butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni” sifatida keng nishonlanadi. Bu kun bizni ona tabiatni asrash, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish va kelajak avlodlar uchun sog‘lom ekologik muhit qoldirish haqida chuqur o‘ylashga undaydi. Tumandagi 19 - maktab qoshida loyihasi doirasida tashkil etilgan “Quyoshcha” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida hordiq chiqarayotgan yoshlar bilan 2025-yil “Tabiatni asrash va “Yashil” iqtisodiyot yili” hamda ushbu kun munosabati bilan “Tabiatni asrashda mening hissam” mavzusida ekologik tarbiyaviy soat o’tkazildi. Tabiat – bu bizning uyimiz, uni asrash esa faqat ekologlar yoki olimlarning emas, balki har bir insonning vazifasi ekanligi, daraxt ekish, suvni tejash, chiqindilarni saralab tashlash kabi oddiy amallar bilan ham biz tabiatni himoya qilishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkinligi haqida so’z yuritilib, qiziqarli musobaqa o’tkazildi. Ushbu tadbirda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etib, bolalar uchun nashr etilgan ekologiya, tabiat, hayvonot dunyosi va suv resurslari haqida yozilgan kitoblarning targ’ibotini olib bordilar.Sod’lomlashtirish maydonchasida ko’chma kutubxona tashkil qilib, “Mening birinchi ensiklopediyam” ruknida nashr etilgan “O’simliklar olamiga sayohat”, “Kapaliklar olamiga sayohat” A.Akbarning “Oq qovunning bolasi” kitoblarini o’qish uchun tavsiya qildilar. Tadbirda 26 nafar o’quvchi – yoshlar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …