#Zangiota_tuman_akm
📅 08-iyun, 2026-yil
Yoz o’tmoqda soz!
☀️ Yoz — bolalikning eng shirin xotiralari bitiladigan, orzular qanot yozadigan, bilim va iste’dod yangi qirralarini namoyon etadigan fasl. Bu yil ham mamlakatimizda maktab o’quvchilarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, ularning intellektual va ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida maktablar qoshida sog'lomlashtirish maydonchalari faoliyat yuritmoqda.
🏛“Ta’tilda birgalikda kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 32-maktab qoshida tashkil etilgan “Qaldirg’och” nomli sog’limlashtirish maydonchasida dam olayotgan o‘quvchilar bilan “Kim topqir-kim chaqqon?” nomli tadbir o’tkazdilar.
📚Qatnashchilarga qiziqarli topishmoqlar va tezkor savollar berildi. Bolajonlar savollarga tez va to’g’ri javob topishga harakat qildilar. Bu kabi tadbirlar bolalarni tez fikrlash, nutqini o’stirish, o’ylab javob berish kabi qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi. Ko’rgazma uchun olib borilgan kitoblarning targ’iboti olib borildi hamda “Ertakli 365 kun”, “Aql va boylik”, “Jonivorlar ensiklopediyasi” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.
👥 Tadbirda 28 nafar o’quvchi-yoshlar qatnashdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …