#Zangiota_tuman_akm
📅 2-mart, 2026-yil
🏛Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ulaming ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi, 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kunini keng nishonlash, shuningdek, joriy yil 15-fevraldan 15-martga qadar barcha hududlarda “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida “Ayollarni e’zozlash” oyligi o’tkazilishi munosabati bilan Zangiota tumani 14-umumta’lim maktabida “Qizlar tarbiyasi — millat kelajagi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi..
📚 Tadbirda yuridik fanlari doktori, professor Muxitdinova Feruza Abdurashidovna ishtirok etib, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining 25-maqsadi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani, xususan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslariga keng jalb etish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish, qizlarning ta’lim olishi va kasb egallashiga ko‘maklashish muhim yo‘nalishlar sifatida belgilanganligi haqida ma’lumotlar berdi. Mamlakatimizda bilim olish, kasb-hunar egallash uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjudligi, yoshlar imkoniyatlardan foydalanib ko’proq kitob o’qishlari kerakligi aytib o’tildi.
👥 O‘quvchi qizlar tomonidan badiiy chiqishlar va milliy raqslar namoyish etildi. Qizlar orzu-intilishlari va kelajak rejalari haqida o’rtoqlashdilar. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir savol-javoblarga boy bo’lib, yig’ilganlarga han ma’naviy, ham huquqiy bilimga ega bo’lishlariga imkoniyat yaratdi. Tadbirda 186 nafar o’qituvchi va o’quvchi xotin-qizlar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) |
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …