Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
She’riyat va saltanat tojdori
Adabiy badiiy kecha
Asrlardan asrlarga, nasllardan nasllarga o’ta xalqlar dilida barhayot bo’lish yolg’iz ulug’largagina- shu xalqning ezgu umidlarini, ajoyib orzularini ifodalagan buyuk shaxslargagina xos xususiyat va qismat bo’lgan. Alisher Navoiy mana shundaylardan biridir. Bugun axborot-kutubxona markazida buyuk mutaffakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan “She’riyat va saltanat tojdori” deb nomlangan adabiy badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirda buyuk shoir va mutaffakkir, o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Hazrat Alisher Navoiyning hayoti va boy ijodiy merosi haqida so’z yuritildi. Tuman madaniyat bo’limi “Hosil” xalq maqom ansambli xonandalari tomonidan Navoiy g`azallaridan maqom qo`shiqlari ijro etildi. “Kitob-qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari tomonidan g’azallar yod olindi, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Kutubxona mutahassislari tomonidan “Asrlarga asrdosh-avlodlarga zamondosh” deb nomlangan kitob ko’rgazmasidan joy olgan adabiyotlarning targ’iboti olib borildi hamda Navoiy asarlari yuzasidan savol-javoblar o`tkazildi. Tadbirda faol ishtirok etgan kitobxonlarga II-sektor rahbari, tuman prokurori Alisher Jo’rayev tomonidan sovg’a qilingan badiiy adabiyotlar tantanali topshirildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …