#Zangiota_tuman_akm
📅 13-iyul, 2026-yil
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik toʻyi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Namuna” mahallasi aholisi bilan “Mustaqillik – eng ulugʻ neʼmat” mavzusida kitobxonlik soati tashkil etdilar.
📚 Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining xalqimiz hayotidagi tarixiy ahamiyati, mamlakatimizda inson manfaatlarini taʼminlash, aholi farovonligini yuksaltirish hamda yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida atroflicha soʻz yuritildi. Shuningdek, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi alohida taʼkidlandi.
Tadbir davomida Mustaqillik, vatanparvarlik va milliy gʻurur ruhini aks ettiruvchi Sh.Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, G”.Mirzoning “Mustaqillikning zalvorli odimlari”, “Jadid adabiyoti namoyandalari” ruknida nashr etilgan “Abdulla Avloniy” hamda “Abdulla Qodiriy” kitoblarining targ’iboti olib borildi hamda o’qish uchun tavsiya qilindi. Ishtirokchilar ko’rgazma uchun olib borilgan kitoblardan o’qish uchun oldilar.
👥 Tadbirda 34 nafar mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …