Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 июля 2026 г.
“Kitobxon ona-millat fahri”

#Zangiota_tuman_akm

📅 17-iyul, 2026-yil

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”

 

🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir Temur” mahallasi ayollari ishtirokida “Kitobxon ona-millat faxri” nomli ko’tarinki ruhdagi maʼnaviy- maʼrifiy-madaniy tadbir tashkil etildi.

📚Tadbirda Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi N.Adilxanova ishtirok etdi. So’zga chiqqanlar yurtimizda kechayotgan Yangi O’zbekiston va uchinchi renessans poydevorini qurish jarayonlari, istiqlol qadri va shukronalik tuyg’ulari, kitobxonlikni rivojlantirish yo’lida olib borilayotgan tarixiy islohotlarlarga alohida to’xtalib o’tdilar. Shuningdek, oilada onalarning o’rni, ularning kitob o’qish orqali farzandlari va nabiralariga shaxsiy ibrat bo’lishlari naqadar muhim hayotiy zarurat ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Oqila va munis onajonlarimiz ham farzandlarini smartfonlardan uzoqlashtirib, kitobga oshno qilish borasidagi o’z hayotiy tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Tadbirda "Hosil" xalq maqom ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan mumtoz qo'shiqlar yig’ilganlarga xaqiqiy bayramona xush kayfiyat ulashdi.
👥 Tadbirda 47 nafar ayollar va bir nafar kutubxonamizning faol kitobxoni T.Muslimov ishtirok etdi.

 

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

2 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …

Batafsil
2 июля 2026 г.
Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”

 

🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.

📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …

Batafsil
1 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!”  nomli  maʼnaviy- maʼrifiy …

Batafsil
30 июня 2026 г.
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
 

👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Yoshlar bilan porloq kelajak sari

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil

“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”

🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Jamiyat tarbiyachisi, islohotlar targ’ibotchisi

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil
 

🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …

Batafsil