Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
27 января 2026 г.
Kitob — inson tafakkurining ozuqasi

Mo‘jaz kutubxona ochilishi

📚Kitob — inson tafakkurining ozuqasi

Ma’lumki, kitob o‘qish — inson tafakkurini boyitadigan, ma’naviyatni yuksaltiradigan eng muhim manbalardan biridir. Ana shu ezgu g‘oyaga hamohang tarzda tumandoshimiz, fidoyi va sahovatpesha inson Abduvali Xolmahmudov o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan “Alimbuva” hamda “Ahmad Yassaviy” mahallalarida aholi gavjum joylarda — guzarlar, maktab va savdo shoxobchalari yaqinida mo‘jaz kutubxonalar tashkil etib, keng jamoatchilik, xususan, bolalar va uy bekalari uchun kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etib kelmoqda.

Ezgu tashabbus izchil davom etib, kuni kecha “Tarnov” mahallasi guzarida navbatdagi 300 nomdan ortiq badiiy, ilmiy va bolalar adabiyotlarini jamlagan “Mo‘jaz kutubxona” o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur kutubxonaning ochilishda tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham ishtirok etib, ular tomonidan 20 nomdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar sovg‘a qilindi.

 Shuningdek, Abduvali otaning sa’y-harakatlari yuqori baholanib, kelgusida hamkorlikda samarali faoliyat olib borish istagi bildirildi.
Shubhasiz, bunday xayrli ishlar jamiyatimizda kitobxonlik muhitini mustahkamlash, yosh avlodning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

 

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil